Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koronavirus tufayli Xitoyning Xaynan orolini 150 ming sayyoh tark eta olmayapti
16:29 / 2022-08-15

«Sinxua» agentligining yozishicha, koronavirus epidemiyasi tufayli o‘tgan yakshanba holatida Xaynan provinsiyasida taxminan 150 ming sayyoh qolib ketmoqda.

XXR Davlat kengashining bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Sun Chunlan Xaynan provinsiyasiga qilgan tekshiruv safari chog‘ida mahalliy ma’muriyatni sayyohlarni oroldan olib chiqish jarayonini tezlashtirishga chaqirgan.

Iyul oxirida Sinszyan-Uyg‘ur muxtor tumanida ham 2 mingdan ziyod sayyoh qolib ketgan. Mahalliy hukumatning ma’lum qilishicha, 2 avgustgacha taxminan 92 ming sayyoh Sinszyanning diqqatga sazovor joylaridan evakuatsiya qilingan.