Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat tufayli kelgusi yilning yanvarida bo‘lishi belgilangan xalqaro iqtisodiy forum yozga qoldirildi
09:04 / 2021-12-21

Shveysariya Davos shahrida kelgusi yilning 17-21 yanvarida bo‘lishi belgilangan xalqaro iqtisodiy forum koronavirusning omikron shtammi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat tufayli yozga qoldirildi, deyiladi “INTERFAX.RU” xabarida.

“Pandemiyaning hozirgi sharoitida bevosita  xalqaro anjuman o‘tkazish murakkab. Forum jarayonida tibbiy qoidaga qat’iy amal qilinsa-da, omikronning yuquvchan tabiatidagi mavhumlik tadbirni qoldirishni taqozo qiladi”, deyiladi forum ma’lumotida.

Ma’lumot uchun, joriy yil avvalida bu forum pandemiya tufayli onlayn-formatda o‘tkazilgandi.