Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik kasallanishlar soni yana 90 dan oshdi
10:10 / 2022-07-08

2022 yil 7 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 241 ming 468 (+91) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 5 nafari Andijon viloyatida, 4 nafari Buxoro viloyatida, 6 nafari Jizzax viloyatida, 5 safari Qashqadaryo viloyatida, 4 nafari Navoiy viloyatida, 6 nafari Namangan viloyatida, 9 nafari Samarqand viloyatida, 2 nafari Sirdaryo viloyatida, 6 nafari Surxondaryo viloyatida, 7 nafari Farg‘ona viloyatida, 5 nafari Xorazm viloyatida, 6 nafari Toshkent viloyatida, 18 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. 

Kecha kun davomida Buxoro viloyatida 9 nafar, Qashqadaryo viloyatida 8 nafar, Namangan viloyatida 10 nafar, Surxondaryo viloyatida 3 nafar, Farg‘ona viloyatida 16 nafar, Toshkent viloyatida 5 nafar, Toshkent shahrida 21 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 238 ming 514 (+72) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda. 

O‘zA