Koronavirus: Nyu-York shahri xorijlik mehmonlarga cheklov qo‘ydi
AQSHning Nyu-York shahri Buyuk Britaniyada yangi koronavirus holati paydo bo‘lgandan keyin chet ellik sayyohlar uchun karantin qoidalarini joriy qildi.
Shahar hokimi Bill de Blasioning aytishicha, endi Nyu-Yorkka kelganlar ko‘rsatilgan manzilida 14 kun qolishlari shart. Buyuk Britaniyadan kelgan har bir mehmon yoniga sherif o‘rinbosari tashrif buyurib, qoidalarga qat’iy rioya qilinishini ta’minlashi kerak.
Tartibni buzganlar kuniga 1000 dollar (737 funt) jarima to‘laydi, deb ogohlantirdi janob de Blasio.
Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH bo‘ylab 18,4 million koronavirus holati va 326 mingdan ortiq o‘lim qayd etilgan.
Amerikada koronavirus epidemiyasi markazi bo‘lgan Nyu-York shahri yil boshida mamlakatning eng ko‘p zarar ko‘rgan shtatlaridan biri edi.
"Biz hozir so‘nggi jangda turibmiz, faqat shu bayramlardan o‘tib olishimiz kerak", - deya qo‘shimcha qildi shahar hokimi.