Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koronavirus kirib kelishiga yoʻl qoʻyilmaydi...
20:21 / 2020-02-26

Sirdaryo viloyatidagi “Sirdaryo” chegara bojxona postida “Yangi turdagi koronavirus infeksiyasini respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan nazariy va amaliy koʻrgazmali maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlar oʻtkazildi.


Sirdaryo viloyatidagi “Sirdaryo” chegara bojxona postida “Yangi turdagi koronavirus infeksiyasini respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan nazariy va amaliy koʻrgazmali maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasining tashabbusi bilan tashkil etilgan 2 bosqichli koʻrgazmali maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlarida bojxona, sogʻliqni saqlash boshqarmalari, sanitariya epedemiologiya markazi va boshqa maxsus xizmat vakillari ishtirok etdi. 

Nazariy mashqda ishtirokchilar “Yangi turdagi koronavirus infeksiyasi kasalligi epidemiologiyasi, oldini olishning yoʻnalish va uslublari”, “Yangi turdagi koronavirus infeksiyasi kasalligi klinikasi, davolash va profilaktikasi” kabi mavzularda maʼruzalar tingladi. 

Viloyatga koronavirus infeksiyasining kirib kelishini oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirlar, muammolar, bajarilishi yuzasidan tegishli xizmatlarga tavsiya va koʻrsatmalar berildi va mavzuga oid koʻrgazmali taqdimot namoyish etildi.

– Sirdaryo viloyati Qozogʻiston va Tojikiston davlatlari bilan chegaradosh. Shuning uchun mutasaddi tashkilot xodimlarining ogohligi toʻrt karra oshirildi, – deydi viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari leytenant B.Hamrayev. – Amaliy mashgʻulotlar qoʻshni mamlakatlar bilan chegaralarimiz yopildi, degan fikrni anglatmasligi kerak. Koronavirusni hududimizga kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik eng muhim vazifadir.

Taʼkidlash joizki, barcha jarayonlar oʻta aniqlik bilan amalga oshirilib, ushbu koʻrgazmali maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlarida kuzatuvchi va oʻrganuvchi sifatida jami roʻyxat boʻyicha 234 kishi ishtirok etdi va unga 10 ta maxsus texnika jalb qilindi.