2022 yil 25 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 240 ming 345 (+139) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 1 nafari Andijon viloyatida, 5 nafari Buxoro viloyatida, 6 nafari Jizzax viloyatida,17 nafari Qashqadaryo viloyatida, 4 nafari Navoiy viloyatida, 4 nafari Namangan viloyatida, 3 nafari Samarqand viloyatida, 3 nafari Sirdaryo viloyatida, 10 nafari Surxondaryo viloyatida, 11 nafari Farg‘ona viloyatida, 4 nafari Xorazm viloyatida, 13 nafari Toshkent viloyatida, 56 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida Qashqadaryo viloyatida 3 nafar, Farg‘ona viloyatida 1 nafar,Toshkent viloyatida 6 nafar,Toshkent shahrida 15 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 237 ming 882 (+25) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zA