English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koronavirus inson organizmida qanday asoratlar qoldiradi?
09:43 / 2020-07-05

“COVID-19”ni boshidan kechirgan ayrim bemorlarda ushbu kasallik belgilari, hatto tuzalganidan bir necha oy oʻtsada, yoʻqolmasligi mumkin ekan.


“COVID-19”ni boshidan kechirgan ayrim bemorlarda ushbu kasallik belgilari, hatto tuzalganidan bir necha oy oʻtsada, yoʻqolmasligi mumkin ekan. Bu xulosani Garvard universiteti professori Tobias Kurt bergan.

“Shunday patsiyentlar borki, ularda virus belgilari umuman paydo boʻlmaydi, tabiiyki qator, jumladan oʻpka bilan bogʻliq muammolarni his etadigan bemorlar ham koʻp uchraydi. Masalan, ayrim yosh bemorlar ham xastalik oʻtib ketgandan keyin bir necha oygacha jismoniy tarbiya bilan shugʻullana olmaydilar”, — deya oʻz fikriga aniqlik kiritgan olim.

Kurt yana shuni taʼkidlaganki, hozircha ushbu virusni toʻliq oʻrganib chiqishga ulgurilgani yoʻq. “COVID-19”ni yengib oʻtganlarda salomatlikka oid muammolar surunkali koʻrinish oladimi yo vaqt oʻtishi bilan yoʻqolib ketadimi, bu haqda tadqiqotchilar keyinroq ishonch bilan xulosa chiqarishlari mumkin.

Avvalroq britaniyalik shifokorlar SARS-CoV-2 virusiga duch kelgan bemorlar sogʻligida uzoq vaqt muammolar kuzatilishi mumkinligini aytishgandi. Xususan, koronavirusdan davolanib chiqqan kishilar oʻpka faoliyati yetishmovchiligi, surunkali charchoq, ruhiy tushkunlik va asab tizimidagi muammolardan aziyat chekishi taʼkidlangandi.