Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koronavirus infeksiyasiga chalingan poytaxtlik 83 yoshli bemor vafot etdi
10:17 / 2020-07-09

30-iyun kuni tos suyagi buyinchasi singanligi sababli 1-son shahar klinik shifoxonasiga oʻtkazilgan.


Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashovchi 83 yoshli onaxon Sh.T.ni joriy yil 25-iyundan tana haroratining koʻtarilishi, yoʻtal, hansirash va nafas siqishi bezovta qilgan. 28-iyun kuni esa koronavirus aniqlangan va Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

30-iyun kuni tos suyagi buyinchasi singanligi sababli 1-son shahar klinik shifoxonasiga oʻtkazilgan.

Unga “COVID-19” ogʻir kechishi tashxisi qoʻyilgan. Kasallik ikki tomonlama pnevmoniyaning ogʻir kechishi, oʻtkir nafas va oʻtkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemor ikki tomonlama gonartroz, ikki tomonlama koksoartroz kabi hamroh kasalliklari bilan ham ogʻrigan.

Bemor bundan avval, koʻp yillardan buyon gipertoniya kasalligi, yurak ishemik kasalligi bilan davolanib keladi. 2019-yildan beri esa yotoq holatda boʻlgan (tizza va tos-son boʻgʻimlari osteoartrozi, joriy yil 16-iyun kuni esa yiqilib tushishi oqibatida tos suyagi boʻyinchasi singan).

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mutaxassislar tomonidan konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni shifokorlar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay, bemorning ahvoli keskin ogʻirlashib, oʻtkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi