Koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10143 nafarga yetdi, yana bir kishi vafot etdi
2020-yil 6-iyul soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10143 (+123) nafarni tashkil etmoqda.
2020-yil 6-iyul soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10143 (+123) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 43 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 60 nafari Andijon viloyatida (shundan 58 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 20 nafari Toshkent viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 6584 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sogʻaygan.
Hozirda mamlakatimizda 3524 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 25 nafari ogʻir, 8 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.
***
Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi 67 yoshli L.M. (erkak kishi) joriy yil 26-iyundan tomogʻida ogʻriq, tana harorati koʻtarilgan, ammo shifokorga murojaat qilmasdan uyida davolangan.
1-iyul kuni esa yoʻtali kuchayib, nafas siqishi belgilari paydo boʻlgach, tez yordam chaqirgan va tez tibbiy yordam mashinasida Toshkent shahar 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan.
Shu kuni undan “COVID-19” infeksiyasiga tahlil olinib, zudlik bilan reanimatsion muolajalar boshlangan. Bemorga oʻtkir miokard infarkti, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas yetishmovchiligining 2-darajasi, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kasalligi” tashxisi qoʻyilgan. Unda koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.
Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli shifokorlar tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida oʻtkazilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor oʻtkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi