Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koronavirus hafta ichida: dunyo va O‘zbekiston
12:47 / 2021-05-24

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 164 million nafardan ortiqni tashkil etdi, kasallikdan vafot etganlar dunyo bo‘yicha 3,4 million nafardan oshib ketdi.

Shu bilan birga, dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi 1,5 milliard  dozadan ortiq vaksina qo‘llanilgan.

Yurtimizda esa kasallanish  ko‘rsatkichi 98657 nafarga yetib, ulardan 680 nafari vafot etgan. Tibbiyot muassasalarida 3834 nafar bemor davolanmoqda.  

Bu hafta yurtimizda 1,6 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi. 8 hududda 100 ming dozadan ortiq vaksinadan foydalanilib, Farg‘ona viloyati bu ko‘rsatkich bo‘yicha 200 ming dozalik marradan ham oshdi.