English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koronavirus cheklovlari olib tashlanadi
14:22 / 2022-06-07

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishi va kasallanish ko‘rsatkichlarining pasayishi – koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan va shifoxonalardan chiqayotgan bemorlar sonining shifoxonaga yotqizilganlar soniga, karantindan chiqayotgan fuqarolar sonining karantinga olinayotganlar soniga nisbatan ijobiy tomonga o‘zgarganligi, shuningdek, dunyo mamlakatlaridagi barqaror epidemiologik vaziyat e’tiborga olinib, 2022 yil 10 iyundan boshlab xorijiy davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga turizm maqsadida tashrif buyuruvchi xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun tashrif buyurishdan oldin koronavirus infeksiyasiga PSR test natijasi bo‘yicha manfiy natijali ma’lumotga ega bo‘lishi, koronavirus infeksiyasiga ekspress-antigen test topshirishi hamda tegishli tartibda emlanganlik sertifikati yoki pasportiga ega bo‘lishi talab etiladigan qoidalar bekor qilinadi.

Shuningdek, aviaqatnovlar, chegaradosh temiryo‘l stansiyalari va avtomobil o‘tkazish chegara punktlari orqali harakatlanishga o‘rnatilgan vaqtinchalik cheklovlar ham olib tashlanadi.

O‘zA