Koronavirus boylar cho‘ntagini nishonga oldi
“Bloomberg” nashrining ma’lum qilishicha, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan fond birjasida dunyoning eng badavlat kishilari koronavirus vahimasi ta’sirida 139 milliard dollarni boy berishdi.
“Bloomberg” nashrining ma’lum qilishicha, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan fond birjasida dunyoning eng badavlat kishilari koronavirus vahimasi ta’sirida 139 milliard dollarni boy berishdi.
Bu, “Bloomberg” reytingida 2016 yildan buyon yuqori o‘rinni olib kelayotgan boy odamlarning eng yirik yo‘qotishidir.
Masalan, fond birjasi yakuni bo‘yicha, LVMH kompaniyalari guruhi bosh direktori Bernar Arno va "Amazon" egasi Jef Bezosning har biri 4,8 milliard dollardan yo‘qotgan. "Zara" egasi Amansio Ortega to‘rt milliard dollarni boy berdi, Mark sukerberg esa 3,48 milliard dollar miqdorida zarar ko‘rdi. Birinchi o‘nlikdagi milliarderlarning qolganlari ham 2,3 milliard dollardan yo‘qotishgan.