Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koronavirus bor-yoʻqligini bilish maqsadida fuqarodan qon olgani uchun 36 ming soʻm soʻragan hamshira...
16:49 / 2020-03-24

Epidemik vaziyatda bu toʻgʻrimi?

Epidemik vaziyatda bu toʻgʻrimi?

Ushbu savolga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov onlayn oʻtkazilgan birifingda javob berdi.

– Koronavirus infeksiyasi bor-yoʻqligini tekshirish uchun qon namunasi olinmaydi. Buning uchun tomoqdan, yutumdan, balgʻamdan surtma olinmoqda. Demak bu qon namunasi boshqa tahlil uchun olingan yoki notoʻgʻri maʼlumot yetkazilgan. Qon namunasi faqatgina bemor koronavirus kasalligidan forigʻ boʻlganidan keyin, hosil boʻlgan immun tizimini baholash maqsadida olinadi.