French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koronavirus bilan bogʻliq epidemiologik surishtiruv ishlari elektron tizimi yaratilgan – Almatov
13:12 / 2020-04-10

Brifingdan bugungi kundagi epidemiologik vaziyat boʻyicha muhim maʼlumotlar berildi.


Bugun AOKA shtabida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi.

Brifingdan bugungi kundagi epidemiologik vaziyat boʻyicha muhim maʼlumotlar berildi.

Respublikamizdagi mavjud laboratoriyalarda shu kunga qadar 78 906 ta namuna COVID-19 koronavirus infeksiyasiga tekshirildi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida tashkil qilingan Shtab tomonidan ushbu kasallikning epidemiologik surishtiruv ishlari elektron tizimi yaratilgan boʻlib, qayd qilingan barcha holatlar elektron dasturga kiritib borilmoqda.

Bemorlar bilan bogʻliq boʻlgan holatlar, ushbu kasallik kimdan yuqqan, kimlarga yuqish xavfi bor, shularni oʻrganib, kasallik tarqalishining oldini olish boʻyicha barcha tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Elektron dasturda bemor qayd qilingan kundan boshlab, uning pasport maʼlumotlari, ish joyi, kasallik belgilari dastlab namoyon boʻlgan kundan boshlab u bilan muloqotda boʻlgan kishilar roʻyxati shakllantiriladi.

Oila aʼzolari, faoliyati davomida hayot marshruti chizib chiqilib, kasallik yuqishi mumkin boʻlgan fuqarolar aniqlash boʻyicha tezkor choralar koʻrilmoqda. Bunda bizga IIV, prokuratura organlari va boshqa xizmatlar yordam bermoqda.

Bugungi kunda epidemik vaziyat noxush boʻlgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda boʻlgan 84,281 nafar fuqaro salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda.

Ulardan 63 951 nafar fuqaro uy sharoitida, 21 780 nafar fuqaro 202 ta muassasada statsionar sharoitda karantinga olingan.