Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koronavirus: Belgiya qator davlatlardan keluvchilar uchun mamlakatga kirishini taqiqladi
09:49 / 2021-06-21

Mamlakatda koronavirusning hindcha turi keng tarqalishining oldini olish uchun Belgiya Buyuk Britaniyadan keluvchilarni, shuningdek, Yevroittifoqqa a’zo bo‘lmagan davlatlardan keluvchi fuqarolarni mamlakatga kirishini taqiqladi.

“Mazkur cheklov choralari 27 iyundan boshlab kuchga kiradi”, dedi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Bryusselda.  

Taqiq Buyuk Britaniyadan tashqari yana 26 mamlakatga tegishli bo‘ladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan “Delta” variant deb tasniflangan koronavirusning hindcha turi virusning britancha turidan ko‘ra tez yuquvchan va yanada xavfli deb hisoblanmoqda.

“Doyche Velle” bu haqda xabar bergan.