Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘rish qobiliyati cheklanganlar avtomobil zavodida ishlaydi
11:38 / 2026-01-27

Jizzaxda noyob hamkorlik ilk marotaba o‘z samarasini berdi: ko‘rish qobiliyati cheklanganlar avtomobil zavodida ehtiyot qismlar yig‘ishni puxta o‘zlashtirmoqda. Bu yerda har bir harakat va qadam nafaqat malaka, balki imkoniyati cheklangan insonlarning ishonchini ham boyitadi. Sanoat va ijtimoiy loyiha – umid va mehnatning birlashgan namunasi.

O‘zbekiston ko‘rish qobiliyati cheklanganlar jamiyati Jizzax viloyat bo‘limi va “ADM Jizzakh” avtomobil zavodi hamkorligida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyiha doirasida dastlabki o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarga jamiyatning yetti nafar a’zosi jalb qilindi. Ular zamonaviy uskunalardan foydalangan holda avtomobil sanoatida keng qo‘llaniladigan olti turdagi ehtiyot qismlarni puxta o‘zlashtirmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, loyiha ishtirokchilarni kasbiy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash, amaliyotga tayyorlash va ularni kelgusida doimiy ish bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, mahalliy kadrlar salohiyatining rivojlanishi Jizzax sanoati raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

“ADM Jizzakh” zavodi rahbarligi va mutaxassislari ishtirokchilarga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatmoqda. Ta’lim jarayonida ishlab chiqarish xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilinib, ishlab chiqarish madaniyati va mehnat tartibiga alohida e’tibor qaratiladi.

Umuman olganda, ushbu hamkorlik loyihasi Jizzaxda kadrlar tayyorlash, yoshlar bandligini ta’minlash va mahalliy sanoat salohiyatini mustahkamlashda yana bir muhim qadam sifatida e’tirof etilmoqda.

Abdujalol Qayumov, O‘zA muxbiri