Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘rilgan zarar 244 million dollardan oshgan, deyiladi
17:57 / 2021-05-20

G‘azo sektori hukumati matbuot xizmati rahbari Salam Maaruf tarqatgan xabarda.

«Hujum ulkan moddiy zarar keltirdi. Binolarga, turar-joylarga va fermalarga keltirilgan zarar dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda, 243,8 million dollarni tashkil etmoqda», - dedi Maaruf.

Isroil bilan G‘azo sektori chegarasida vaziyat 10 may kuni keskinlashgan edi. Mojaro boshlangandan buyon G‘azo sektoridan Isroilga qarata 4 mingga yaqin raketa uchirildi, ularning 500 tasi anklavning o‘ziga qulob tushgan, Isroilning «metin gumbaz» havo mudofaasi tizimi samaradorligi 90 foizga baholanmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil hujumi natijasida halok bo‘lgan falastinliklar soni 220 kishiga yaqinlashgan, qurbonlar orasida 61 nafar bolalar bor. Falastinliklarning raketa hujumi natijasida Isroilda 12 kishi halok bo‘lgan, 50 dan ortiq kishi jarohat olgani aytilmoqda.