O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamda qator tashkilotlar hamkorligida viloyatda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” ko‘rik-tanlovining navbatdagi bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovning maqsadi mahallalarda obodonchilik ishlarini yanada jadallashtirish, xonadon va ko‘chalarning tozaligi, ko‘kalamzorlashtirilganligi, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, mahalla raislari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni baholash orqali belgilangan mezonlarni keng joriy etishdan iborat.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Obod xonadon” nominatsiyasi bo‘yicha Kitob tumani “Bog‘bon” MFYda yashovchi Berdiyevlar oilasi, “Obod ko‘cha” nominatsiyasi bo‘yicha Qarshi shahri “Otchopar” MFYdan Zilola Xurramova, “Obod mahalla” nominatsiyasi bo‘yicha Koson tumani “Esaboy” MFY raisi Nurillo Odirov g‘oliblikka erishdi.


G‘oliblar “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyat bo‘limi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri