Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘rik-tanlov g‘oliblari aniqlandi
10:29 / 2025-08-06

Prezidentimizning joriy yil 14 fevralda e’lon qilgan farmoniga muvofiq Qurolli Kuchlar tizimida yangi Saf nizomi ishlab chiqildi. Ushbu Saf nizomi asosida Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalarida ilk marotaba Milliy gvardiya tizimida “Saf tayyorgarligi bo‘yicha eng ilg‘or bo‘linma” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Mustaqilligimizning 34 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” ezgu g‘oya ostida belgilangan dastur asosida bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur ko‘rik-tanlov Milliy gvardiya bo‘linmalarining saf tayyorgarligidan amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, sog‘lom raqobatni rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish, shaxsiy tarkibning qurol bilan maxsus saf usullarini bajarishda o‘ziga nisbatan ishonchni oshirish maqsadida yilda ikki bor o‘tkazilishi belgilangan. 

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirning respublika bosqichi sinovlari Jamoat xavfsizligi universiteti bazasida o‘tkazilib, unda ishtirok etgan 11 ta jamoalarning saf qoidalarini o‘zlashtirganligi baholandi. Musobaqa jarayonlarida yakka tartibda qurol va qurolsiz saf usullarini namoyish etish, saf qo‘shig‘ini tantanali aytib o‘tish, jangovar hayqiriq hamda qurol bilan ko‘rgazmali maxsus saf usullari kabi shartlar amalda bajarildi. 

Shuni alohida ta’kidlash kerak, ko‘rik-tanlovdan ko‘zlangan yana bir maqsad “Jasorat maktablari” o‘quvchilarining kelgusida tanlovda ishtirok etishini ta’minlash orqali yurtimizda vatanparvarlik tarbiyasi, harbiy sohaga qiziqishni oshirish, kelajak avlodning yuksak ma’naviy salohiyatini shakllantirishdan iboratdir. 

Unda Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Mudofa, Ichki ishlar vazirliklari, Bojxona qo‘mitasi, Yoshlar ishlari Agentligi va harbiy ta’lim muassasalari mutasaddi rahbarlari hamda kursant va tinglovchilari, shuningdek, jasorat maktabi o‘quvchilari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etdi. 

Harbiy orkestr chiqishlari, yangi saf nizomidagi yangiliklar, qizlar jamoasining qurol bilan saf harakatlari va Faxriy qorovul bataloni jamoasining namunali saf chiqishlari barchada katta taassurot qoldirdi. Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar e’tiboriga gvardiyachilar tomonidan tayyorlangan amaliy ko‘rgazmali chiqishlar  harbiy orkestr ishtirokidagi musiqali taronalar havola etildi. 

Mazkur ko‘rik-tanlovda tizimdagi gvardiyachi qizlarning ham ishtirok etganligi qo‘mondonlik tomonidan gender tenglik masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligining yaqqol dalilidir. 

Nufuzli hakamlar tomonidan har bir chiqishlar munosib baholandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 3-o‘rin Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmalari jamoalariga nasib etdi. 2-o‘rinni Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi qo‘lga kiritdi. Toshkent shahar “Sher” jamoasi tanlovning mutlaq g‘olibi bo‘ldi. 

G‘oliblar diplom va pul mukofotlari bilan munosib taqdirlandi.

Chorixon Qosimov, 

jurnalist.