Ko‘rik-tanlov: “Bojxona bilimdoni”
Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan Navoiy shahridagi 16-sonli umumta’lim maktabning 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Bojxona bilimdoni” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
Dastlab, ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarligi sinovdan o‘tkazildi. Unda o‘quvchilarning sport mashqlarini tezkorlik va epchillik bilan bajarishlariga alohida e’tibor qaratildi.

Tanlovning 2-bosqichida esa ishtirokchilarning fikrlashi va dunyoqarashi viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan tuzilgan savollar asosida sinab ko‘rildi.
Mazkur ko‘rik-tanlovni o‘tkazish reglamentiga asosan 3-4-bosqichlar test sinovlari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalari asosida tashkil etildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 10-sinf o‘quvchisi E’zoza Rahimova birinchi o‘rinni egallab, ko‘rik-tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
A.Bo‘riyev, O‘zA