Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘rgazmada 12 mamlakatdan 190 kompaniya o‘z mahsulotlarini namoyish etdi 
17:20 / 2024-10-04

Joriy yilning 2-4 oktyabr kunlari poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” markaziy ko‘rgazmalar majmuida “Isitish, ventilyatsiya, konditsionerlash, suv ta’minoti, santexnika, basseynlar, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari va qayta tiklanuvchi energiya manbalari – Aquatherm® Tashkent 2024” 12-xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

“Iteca Exhibition” xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi va qator tashkilotlar hamkorligida uyushtirilgan ushbu tadbirda 12 mamlakatdan 190 kompaniya o‘z mahsulotlarini taqdim etdi. 

Kompaniya vakili Nodira Hayitboyevaning so‘ziga ko‘ra, ushbu ko‘rgazma shahar infratuzilmasining jadal rivojlanishi va energiya samaradorligiga erishishda yechim izlash uchun katta maydondir. Unda dunyoning turli burchaklaridan kelgan yetakchi mutaxassislar, ekspertlar o‘z g‘oyalari va innovatsiyalarini taqdim etdi. 

–Keyingi yillarda zamonaviy binolar nafaqat me’moriy ob’ektlarga, balki qulaylik va xavfsizlik diqqat markazida bo‘lgan makonga aylanmoqda. Bunday sharoitlarni yaratishda yangi texnologiyalar muhim rol o‘ynaydi. Ular optimal mikroiqlimni, shuningdek, samaradorlik va ishonchlilik uchun javob beradigan suv ta’minoti va santexnika tizimlarini ta’minlaydi. “Aquatherm® Tashkent2024” ko‘rgazmasi ushbu sohalardagi eng yangi yechimlar qatorida atrof-muhitga bo‘lgan bosimni kamaytirishga yordam beradigan yashil texnologiyalarga ham e’tibor qaratdi, –dedi N.Hayitboyeva. 

Muhimi, bu yil o‘n ikkinchi bor tashkil etilgan ko‘rgazma mahalliy va xorijiy ishtirokchilar uchun har jihatdan foydali bo‘ldi. Ko‘rgazma ishida ular mahsulotlarini namoyish etish barobarida ishlab chiqaruvchilar bilan biznes aloqalarni o‘rnatdi. Aslida, mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham shu. 

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA