Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘rfaz davlatlari xorijga sarmoya kiritishni cheklashi mumkin
14:27 / 2026-03-06

Jahonning yirik investorlari qatorida e’tirof etiladigan Saudiya Arabistoni, BAA va Qatar suveren jamg‘armalari o‘tgan yil Prezident Donald Tramp tashrifidan so‘ng AQSH iqtisodiyotiga yuzlab milliard dollar kiritishga va’da bergan edi.

Afsuski, bu davlatlar Yaqin Sharqdagi voqealar sabab byudjetga nisbatan ortib borayotgan bosim tufayli xorijga investitsiya va moliyaviy majburiyat siyosatini qayta ko‘rib chiqishga qaror qilgan. Bu haqda “Financial Times” xabar tarqatdi.

– Ma’lumki, AQSH va Isroilning Eronga hujumi natijasida Fors ko‘rfazi davlatlari byudjetiga muayyan moliyaviy bosim yuzaga keldi, – deb yozgan gazeta. – Ayni chog‘ vaziyatni yumshatishga urinayotgan mamlakatlar xorijga investitsiya yo‘naltirish bo‘yicha rejani qayta ko‘rib chiqishi mumkin.

Byudjet tanqisligi ishlab chiqarish, ta’minotdagi uzilish, energiya daromadi pasayishi, shuningdek turizm va aviatsiya sohasidagi yo‘qotish tufayli yuzaga kelmoqda. Mudofaa xarajati oshishi ham qo‘shimcha bosim yaratmoqda. Saudiya Arabistoni, BAA, Quvayt va Qatar ayni mavzuda allaqachon qizg‘in muhokama boshlagan.

– Har qanday investitsiya cheklovi AQSH hukumatiga mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilishni tezlashtirish uchun bosim o‘tkazishi mumkin, – deydi gazeta tahlilchilari.

Hukumat maslahatchisi so‘zlariga ko‘ra, sarmoyaviy dasturlarni qayta ko‘rib chiqish fikri Oq uyning ham e’tiborini tortdi.

Umuman, Yaqin Sharqdagi vaziyat Ko‘rfaz davlatlariga sezilarli iqtisodiy zarar keltirmoqda. Global neft va gaz ta’minotining asosiy yo‘nalishi hisoblangan Hurmuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashish keskin kamaydi, hududda o‘ntacha tankerga hujum qilindi.

Dunyoning ikkinchi yirik suyultirilgan tabiiy gaz eksportchisi bo‘lgan Qatar dron hujumi tufayli eng yirik zavodidagi ishni to‘xtatib, fors-major holatini e’lon qildi. Saudiyadagi asosiy neftni qayta ishlash zavodlaridan biri ham dron zarbasiga uchragan.

S.Rahimov, O‘zA