French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘rfaz davlatlari diplomatik yechim izlamoqda
10:32 / 2026-03-03

Fors ko‘rfazi mamlakatlari Yaqin Sharqda yuzaga kelgan keskin vaziyatni harbiy emas, aynan diplomatik yo‘l bilan bartaraf etish maqsadida keng ko‘lamli hamkorlik mexanizmini shakllantirishga intilmoqda. Mintaqada mojaro chuqurlashuvi neft va gaz narxini keskin oshirishi, natijada global iqtisodiyot barqarorligi jiddiy zarbaga uchrashi mumkin.

Shu bois Birlashgan Arab Amirliklari va Qatar rasmiylari AQSH Prezidenti Donald Trampni Eron bilan muzokara olib borishga chaqirmoqda. Mintaqa davlatlari vaziyat nazoratdan chiqib ketishi, energiya resurslari keskin qimmatlashishidan xavotir bildirmoqda.

Qatarlik tahlilchilar baholashicha, agar mintaqadagi muhim dengiz yo‘llari uzoq muddatga yopilsa, tabiiy gaz narxi misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarilib ketadi.

Eron dronlari hujumidan keyin Qatar dunyodagi eng yirik suyultirilgan tabiiy gaz (STG) ishlab chiqarish majmualaridan biri faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi. Oqibatda Yevropa bozorida gaz narxi 50 foizdan ko‘proq oshdi. BAAdagi yirik neftni qayta ishlash zavodi ham xavfsizlik nuqtai nazaridan ishni chekladi.

Ayni payt Abu-Dabi va Doha havo hujumidan mudofaa tizimini kuchaytirish chorasini ko‘rmoqda. Ma’lumotga ko‘ra, Qatar ixtiyoridagi “Patriot” zenit-raketa majmualarini tutib qoluvchi qurilmalar zaxirasi hozirgi sharoitda bir necha kungagina yetadi. Shu bois mamlakatlar xavfsizlikni mustahkamlash bilan birga mojaroni muzokara orqali hal etish tarafdori bo‘lib qolmoqda.

F.Yaxshiboyeva, O‘zA