Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi hamda O‘zbekiston – Koreya xalqaro universiteti o‘rtasida hamkorlikda qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
O‘zaro manfaatli hamkorlik ko‘lamini kengaytirish maqsadida Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Mirkomilov hamda universitet rektori Park Jun Xo o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida hamkorlik qilish masalasi muhokama etildi.
Tomonlar Andijon shahrida koreys tilini o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishdi. Maktab faoliyatini yo‘lga qo‘yishning huquqiy, tashkiliy masalalari yuzasidan fikrlashib olindi.
F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA