French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koreys raketasi uchish vaqtida halokatga uchradi
11:50 / 2025-12-24

Janubiy Koreyaning kosmosga tijorat raketasini uchirish bo‘yicha birinchi urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

“Innospace” ma’lumotlariga ko‘ra, “Hanbit-Nano” yengil uchirish moslamasi Braziliyadagi Alkantara kosmik markazidan mahalliy vaqt bilan soat 22:13 da uchirilgan, ammo uchirilgandan taxminan 30 soniya o‘tgach, texnik nosozlik yuz bergan.

Shundan so‘ng raketa belgilangan xavfsiz hududga qaytib tushgan. Hodisada hech kim jabrlanmadi va moddiy zarar haqida hozircha tafsilotlar aniq emas.

Uchish “YouTube”da jonli efirda namoyish etildi, ammo parvoz payti alanga ko‘ringach, translyatsiya to‘xtatildi.

“Hanbit-Nano” uchog‘i Yerning past orbitasiga jami sakkizta foydali yukni, ulardan beshtasi sun’iy yo‘ldoshlarni yetkazib berishga mo‘ljallangan edi. Ushbu parvoz dastlab 22 noyabrga rejalashtirilgan edi, ammo o‘shandan beri uch marta qoldirildi. 

G.Sattorova, O‘zA