English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koreyaning Milliy assambleyasi kongressmeni bilan uchrashuv o‘tkazildi
15:22 / 2024-09-23

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Koreya Respublikasining Milliy assambleyasi kongressmeni Yun Jin Kvon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida vazir O‘zbekiston – Koreya o‘rtasida IT yo‘nalishida uzoq yillardan buyon ko‘p tomonlama mustahkam munosabatlar o‘rnatilganiga e’tibor qaratdi. Shuningdek, hamkorlikda bir necha loyihalar amalga oshirilgani va bu ko‘p qirrali hamkorlik kelgusida ham davom ettirilishini alohida ta’kidladi.

Uchrashuv davomida Koreya IT-kompaniyalari uchun O‘zbekistonda IT-autsorsing operatsiyalarini kengaytirish imkoniyatlarini o‘rganish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, yurtimizda xorijiy kompaniyalar, xususan, IT sohasi uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi.
Bundan tashqari, uchrashuv davomida Koreya o‘yin kompaniyalari va O‘zbekiston IT kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, yangi kontentlar ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma korxonalarni o‘rganish, ikkala mamlakatning ijodiy va texnik tajribasini birlashtirish kabi masalalarga e’tibor qaratildi.

Ushbu uchrashuv raqamli texnologiyalar sohasida O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash uchun muhim imkoniyat taqdim etib, IT-autsorsing va boshqa sohalarni rivojlantirish orqali ikkala davlat ham o‘zaro o‘sish va innovatsiyalarni rag‘batlantiradigan umumiy tajriba va resurslardan foydalanishi uchun sharoit yaratadi.

N.Rahmonova, O‘zA