Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koreyaning “Kookmin University” universiteti bilan jurnalistika sohasida hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi
18:45 / 2019-04-18

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxoʻjayev boshchiligidagi delegatsiya tashrif bilan Koreya Respublikasida boʻlib turibdi.


Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxoʻjayev boshchiligidagi delegatsiya tashrif bilan Koreya Respublikasida boʻlib turibdi.

Tashrif doirasida bugun, 18 aprel kuni “Kookmin University” universitetida ikki oliy oʻquv yurti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

“Kookmin University” nafaqat Koreya Respublikasida dunyodagi yetakchi oliy oʻquv yurtlari sirasiga kiradi. Hozirgi kunda universitetda 20 ming talaba tahsil oladi. Shundan 1 ming 800 nafarini xorijlik talabalar tashkil etadi. Ularga 600 nafar professor zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan dars beradi.

photo5316506786565566103.jpg

Imzolangan memorandumga koʻra, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan “Kookmin University” universiteti talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, Double Degree dasturi boʻyicha oʻzbekistonlik talabalarning Koreyada tahsil olishlarini yoʻlga qoʻyish sohasida hamkorlik amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti delegatsiyasi tashrif doirasida ushbu oliy oʻquv yurtida taʼlim tizimini tashkil etish, ilgʻor texnologiyalardan foydalanish, zamonaviy kadrlar tayyorlashdagi milliy tajriba bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻldi.

photo5314655363603212931.jpg