Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koreyalik vazir Samarqandda bo‘ldi
12:41 / 2023-07-24

Yurtimizga amaliy tashrif bilan kelgan Koreya Respublikasi Mehnat va bandlik vaziri Li Sun Sik rahbarligidagi delegatsiya Samarqand shahrida bo‘ldi.

Mehmonlar O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva hamrohligida dastlab Samarqand shahrida Koreya Xalqaro Hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida tashkil etilgan Kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyati bilan tanishdi.

– Bu kasb-hunar markazlari O‘zbekiston va mamlakatimiz o‘rtasida bandlik va mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorligimizga mustahkam poydevor bo‘ldi, – deydi Koreya Bandlik va mehnat vaziri Li Sun Sik. – Bugun O‘zbekistonda to‘rtta ana shunday markaz faoliyat yurityapti. Kelajakda bu yo‘nalishda hamkorlikni yanada kengaytirishni maqsad qilganmiz.  

Shundan so‘ng, delegatsiya ishtirokchilari Samarqand shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida bo‘lib, bu yerda ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarni kasb-hunar o‘rganishlari uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdi. Monomarkazda ishsiz fuqarolar qisqa muddatlarda kasb-hunar va tadbirkorlikka bepul o‘qitilayotgani yuqori baholandi.

Koreyalik mehmonlar shuningdek, Samarqanddagi tarixiy-madaniy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylarni tomosha qildi.

 

G‘. Hasanov,  

A. Isroilov (surat), O‘zA