FOTOREPORTAJ
Buxoro shahridagi Ximchan klinikasida Janubiy Koreyaning malakali shifokorlari ishtirokida onlayn konsultatsiya o‘z faoliyatini boshladi.
Ushbu dastur orqali haftaning har chorshanba kuni bemorlar uchun ortopediya, neyroxirurgiya va nevrologiya yo‘nalishlarida onlayn maslahatlar beriladi. Ayniqsa, nevrologiya bo‘yicha alohida yondashiladigan onlayn tizim bemorlarga moslashtirilgan individual maslahatlar taqdim etishi bilan ahamiyatli.
[gallery-24026]
Onlayn tibbiy maslahat vaqtida bemorlar koreyalik shifokorlar bilan shaffof muloqotda bo‘lib, zarur tibbiy maslahatlar olmoqda. Mazkur dastur faqat masofaviy maslahat bilan cheklanib qolmasdan, klinikadagi reabilitatsiya markazida amaldagi klinik davolash bilan uyg‘un ravishda olib boriladi. Dasturni Janubiy Koreyada o‘quv kurslarini tugatgan yuqori malakali fizioterapevtlar amalga oshiradi.
Ta’kidlash kerak, Buxoro Ximchan klinikasi Janubiy Koreyada sun’iy bug‘im robot-assistent jarrohlik operatsiyalarini eng ko‘p amalga oshiradigan Ximchan klinikasining rasmiy filiali sifatida faoliyat yuritmoqda. Bu yerda mahalliy aholiga murakkab bo‘g‘im va umurtqa muammolarida yuqori sifatli tibbiy xizmat taqdim etib kelinmoqda.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA