Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koreyalik qishloq xo‘jaligi mutaxassislari Namanganda
10:45 / 2023-01-12

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Janubiy Koreyaning Puyo shahar ma’muriyati King Sejong instituti qishloq xo‘jaligi siyosati bo‘limi menejeri Seo Jang-von boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Delegatsiya asosan qishloq xo‘jaligi, bog‘dorchilik va smart fermerlik yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislardan tarkib topgan.

[gallery-10242]

Ikki tomonlama manfaatdorlikni qamrab olishni maqsad qilgan hamkorlik tashrifi doirasida uzoq va qisqa muddatli loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Jumladan, viloyatning qishloq xo‘jaligiga qiziquvchan yoshlari Janubiy Koreyaning dehqonchilik, urug‘ yetishtirishga ixtisoslashtirilgan zamonaviy laboratoriyalarida malaka oshirib qaytishiga zamin yaratiladi.  

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligida yuqori texnologiyalarni hayotga tatbiq etishning ikki tomonlama manfaatli hamkorlik rishtalarini mustahkamlash masalalari muhokama etildi.

Ta’kidlash joiz, keyingi yillarda Namangan hamda Janubiy Koreya davlatlari o‘rtasida hamkorlik rivojlanmoqda. Xususan, 2022 yilning dekabr oyida Namangan delegatsiyasining Janubiy Koreya davlatiga tashrifi chog‘ida qishloq xo‘jaligi va IT hamda boshqa yo‘nalishlarda bir nechta kelishuvlarga erishilgani qayd etildi.  

Janubiy Koreya delegatsiyasi vakillariga Namanganning qishloq xo‘jaligi sohasidagi imkoniyatlari, ayniqsa, meva-sabzavot yetishtirish, issiqxonalar qurishga ixtisoslashtirilgan hududlar va ko‘plab drayverlar yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar berildi.  

Kunning ikkichi yarmida mehmonlar Namangan shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda o‘qiyotgan yoshlarni Janubiy Koreyada ishlash uchun taklif etishga doir fikrlar bildirildi.  

Uchrashuvdan so‘ng delegatsiya a’zolari viloyatda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.  

Delegatsiyaning viloyatga amaliy tashrifi davom etmoqda.  

 

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA