Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koreyalik ijodkorlar O‘zbekiston haqida film suratga olmoqda
14:52 / 2022-08-08

«EBS1» telekanali ijodiy guruhi «O‘zbekiston – shirin hislar mamlakati» nomli filmning navbatdagi sonini tasvirga olmoqda.

Mazkur sonda O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan maskanlari, o‘zbek xalqining milliy taomlari, me’moriy yodgorliklari, madaniyati va an’analari haqida hikoya qilinadi. Hujjatli filmni joriy yilning sentyabr oyida efirda namoyish etish mo‘ljallangan.

Ta’kidlash kerakki, ijodiy guruhning Toshkent shahridan tashqari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlariga ham tashrifi rejalashtirilgan.

Kinematografiya agentligida Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisining maslahatchisi Kuk Jang Hyun va agentlik vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilgandi. Unda bir qator masalalar muhokama qilingan.

Shuningdek, 14-18 sentyabr kunlari o‘tkaziladigan «Ipak yo‘li durdonasi» XIV Toshkent xalqaro kinofestivali hamda uning doirasida «Kino 5 kunda» loyihasi bo‘yicha Koreya Respublikasining ishtiroki ko‘rib chiqilib, koreyalik kinoijodkorlar festivalga o‘zlarining bir qator filmlari bilan ishtirok etishini ma’lum qilgan edi.

Sentyabr oyida Koreyadan taniqli bloger tashrif buyurib, O‘zbekiston haqida hujjatli film tayyorlashi va uni kinofestival davomida omma e’tiboriga taqdim etishi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, Koreya-O‘zbekiston hamkorligida kinofilm suratga olinishi belgilandi. Uchrashuv so‘ngida keyingi yil Koreyada «O‘zbek kinosi kunlari»ni o‘tkazish ham rejalashtirildi.

«O‘zbekiston – shirin hislar mamlakati» filmi ham xalqaro festival doirasida namoyish etiladi.

O‘zA