Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koreyada tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashuv
16:55 / 2023-10-31

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Otabek Hasanov Koreyada tahsil olayotgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari hamda iqtidorli yoshlarimiz bilan uchrashdi.

Muloqotda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangani ta’kidlandi. Davlat xizmatiga iqtidorli yoshlarni jalb qilish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.  

Shuningdek, yoshlarimiz kelajak rejalari, mavjud muammolari haqida gapirdi. O‘zbekistondagi qator soha va tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha tashabbus va takliflarini bildirishdi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA