Koreyada “O‘zbek tili” darsligi chop etildi
Janubiy Koreyada maxsus chet tillarini o‘rganish loyihasi (CFLE) doirasida xalqaro til bilish darajasi talablari asosida darslik yaratildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmatiga ko‘ra, ushbu darslik Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva va Xankuk chet tillari universiteti professorlari – Aziza Mashrabbekova hamda Li Chji In bilan hamkorlikda tayyorlanib, nashr etildi.
Mazkur darslik koreyalik talabalar uchun tayyorlangan bo‘lib, xorijliklarning o‘zbek tilini bilish B1 xalqaro darajasini o‘zlashtirishga mo‘ljallangan.
O‘zA