Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koreyada o‘zbek operalari yangramoqda
18:02 / 2022-03-27

Bu yil O‘zbekiston hamda Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlarga 30 yil to‘ldi.

Ushbu sana munosabati bilan Koreya Respublikasining «Tegu» opera uyida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri jamoasi «Daegu Opera House» bilan birgalikda qo‘shma konsert dasturini taqdim etdi.

Musiqiy dastur davomida o‘zbekistonlik opera yulduzlari, simfonik musiqa ijrochilari dunyoning hech bir nufuzli jamoalari va xonandalaridan kam emasligini yana bir karra namoyon etdi.

Konsertdan so‘ng «Tegu» opera uyi hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.

O‘zbekiston delegatsiyasi hamda Tegu shahar merining o‘rinbosari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv jarayonida shu yilning yoz oylarida Tegu shahrining bir qator san’atkorlari O‘zbekistonga tashrif buyurishi yuzasidan Koreya Respublikasining takliflari mamnuniyat bilan qabul qilindi. Mamlakatimizning teatr jamoasining Koreya Respublikasidagi ijodiy safari 31 martga qadar davom etadi.

N.Usmonova, O‘zA