French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koreya savdo va investitsiyaga ko‘mak berish agentligi vakillari O‘zbekistonda
11:46 / 2024-03-14

Bojxona qo‘mitasida mazkur agentlik vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizga Koreyadan investitsiyalar hamda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi xorijiy brendlarni jalb etish bo‘yicha muzokaralar olib borishdan iboratdir.  

Uchrashuvda KOTRA Tashkent vakillari Xan Jeon Son va Ibragim Mirsaidovlarga O‘zbekistonning investitsion jozibadorligi, xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot, shuningdek, bojxona hududida qayta ishlash, bojxona rejimi qulayliklari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.  

KOTRA Tashkent vakillariga O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni istagan Koreya korxonalarini aniqlashda, ularning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan savdo-iqtisodiy munosabatlar o‘rnatishida ko‘maklashish bo‘yicha murojaat qilindi.  

Bunda qo‘mita tomonidan tadbirkorlar bilan uchrashuvlarni tashkil etish va tegishli biznes-loyihalarni ilgari surish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi.  

Hozirgi kunda Koreya savdo va investitsiyaga ko‘mak berish agentligining vakolatxonalari dunyoning 128 ta davlatida faoliyat yuritayotgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilgan agentlik vakolatxonasining ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida biznes muzokaralarni tashkil etish borasida amalga oshirayotgan asosiy vazifalari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.  

 

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA