Janubiy Koreya san’atining sevimli siymolaridan biri, “milliy telekanal otasi” sifatida tanilgan aktyor Li Sun Je 91 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda “BBC” nashri.
U yetmish yildan ortiq ijodiy faoliyati davomida teatr, kino va televideniyedagi ko‘plab rollari bilan tomoshabinlar qalbidan chuqur o‘rin olgan. “What on Earth is Love” seriali va “High Kick!” filmidagi obrazlari aktyorning ijodida alohida ajralib turadi.
Li Sun Jening o‘limi o‘lkada katta qayg‘u uyg‘otdi. Taniqli yulduzlardan tortib prezident Li Chje Myonggacha ko‘plab mashhurlar uni mehribon va samimiy inson sifatida yodga olishdi. Davlat rahbari uning san’atga qo‘shgan ulkan hissasini yuksak baholab, “U bizga tabassum, his-tuyg‘u va milliy ruh berdi” deya ta’kidladi.
Marhum vafotidan bir yil oldin ham faol ijod qilgan. 2023 yilda u komedik serial — “Dog Knows Everything”dagi ijrosi uchun “KBS Drama Awards”ning bosh sovriniga sazovor bo‘lib, bu mukofotni qo‘lga kiritgan eng keksa koreys aktyori bo‘ldi.
Li Sun Je 1934 yilda hozirgi Shimoliy Koreyadagi Xoeryong hududida tug‘ilib, to‘rt yoshida oilasi bilan Seulga ko‘chib kelgan. USeul milliy universitetida falsafa bo‘yicha tahsil olgan bo‘lsa-da, lekin san’at yo‘lini tanlagan. Umri davomida 140 dan ortiq teleloyihalarda qatnashgan aktyor koreys madaniyati global miqyosda ommalashgan bir paytda ham o‘z mashhurligini yo‘qotmadi.
Musulmon Ziyo, O‘zA