Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koreya Respublikasining suv ta’minoti sohasidagi tajribasi o‘rganilmoqda
16:38 / 2025-11-12

O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari sohasiga zamonaviy boshqaruv mexanizmlari hamda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish sohani modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari Xurshid Rahmatullayev boshchiligidagi delegatsiya ayni kunlarda Koreya Respublikasida bo‘lib turibdi.

Joriy yilning 12-15 noyabr kunlari Koreya suv resurslari korporatsiyasi “K-Water” tomonidan Tegu shahrida “Korea International Water Week – KIWW 2025” xalqaro forumi o‘tkaziladi.

Forumning asosiy mavzusi tajriba va texnologiya almashish orqali “aqlli” suv kelajagini barpo etish bo‘lib, unda global suv ta’minoti, oqova suv tizimlarini takomillashtirish, suv resurslarini samarali boshqarish hamda iqlim o‘zgarishining ta’sirini yumshatishga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.

12 noyabr kuni xalqaro forumning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “O‘zsuvta’minot” delegatsiyasi vakillari ham faol ishtirok etmoqda. Ular suv sohasidagi yangi tendensiyalar, innovatsion yechimlar va raqamli boshqaruv tizimlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha xorijiy ekspertlar bilan tajriba almashmoqda.

Ma’lumot uchun: “Korea International Water Week” har yili o‘tkaziladigan yirik xalqaro platforma bo‘lib, u suv resurslarini boshqarish sohasidagi eng so‘nggi ilmiy va amaliy yutuqlarni muhokama qilish hamda mamlakatlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Nilufar Bozorova, O‘zA