bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Koreya Respublikasining qator mahalliy administratsiyalari o‘rtasida tuzilgan kelishuvlarga asosan mamlakatimiz fuqarolari 5 oylik mavsumiy ishlarda Ye-8 vizasi bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ushbu davlatga yuborilmoqda.
Mazkur fuqarolar Koreya Respublikasiga borgandan keyin belgilangan tartibga ko‘ra, ma’lum muddat karantin hududida saqlanmoqda. Karantinda saqlanayotgan fuqarolar bilan ushbu davlatga Ye-9 vizasi bilan 2014 yilda kelib, ayni paytda noqonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan mehnat migrantlari ogohlantirishsiz uchrashmoqchi bo‘lganda Koreya Respublikasi ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlandi.
Ulardan karantin hududiga kirish sababi so‘ralganda, asl maqsadini, ya’ni Ye-8 vizasi bilan kelgan fuqarolarni noqonuniy olib ketmoqchi bo‘lganini yashirib, u yerdagi fuqaroga telefon apparatini bermoqchi ekanini aytgan.
Hozirgi vaqtda ushbu fuqarolarni mamlakat hududidan chiqarib yuborish bo‘yicha hujjatlar tayyorlanmoqda.
Shu munosabat bilan, Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizdan ushbu mamlakat qonunlariga rioya qilishlarini, belgilangan karantin cheklovlarigi amal qilishlarini so‘raymiz.