Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri bilan muloqot
13:41 / 2020-11-26

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” hamkorlik forumidagi ishtiroki doirasida Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Hva bilan uchrashdi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki tomon kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildi, turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlarning tashkiliy jihatlarini ko‘rib chiqdi.

Koreya tomoni siyosat, savdo, investitsiya, moliya, axborot-kommunikatsiya, fan va texnologiya sohalaridagi hamkorlik sur’atiga yuqori baho berdi.

2019 yil ikki tomonlama munosabatlarni alohida strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilishi O‘zbekiston - Janubiy Koreya aloqalarining teran va uzoq muddatli ekanligidan darak berishi ta’kidlandi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish borasidagi hamkorlikka doir ijobiy tajriba mamnuniyat bilan e’tirof etilib, pandemiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatini bartaraf etish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan bog‘liq ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalar ustuvor ahamiyatga egaligi qayd etildi. O‘zaro savdoning avvalgi o‘sish sur’atini saqlab qolish va mahsulot ayirboshlash hamda xizmat ko‘rsatish hajmini oshirish yuzasidan aniq choralar ko‘rishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani bildirildi.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, O‘zbekistonda yangi tibbiyot muassasalari barpo etish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshirilishi jarayoni ko‘rib chiqildi.

Vazirlar tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.