Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Pak Byon Sok yurtimizga tashrif buyuradi
Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Pak Byon Sok 2021 yilning 5-7 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar berdi.
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva va Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilovning Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Koreya Pak Byon Sok bilan uchrashuvlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, tashrif doirasida Koreya madaniyati va san’ati uyida Koreya Respublikasi fuqarolari bilan uchrashuv, Toshkent shahridagi Milliy bolalar tibbiyot markaziga tashrif buyurish, “Mustaqillik va ezgulik” monumentiga gulchambar qo‘yish, Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishish nazarda tutilgan.
O‘zA