Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koreya Respublikasi kompaniyasi bilan memorandum imzolandi
18:03 / 2023-09-13

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda Koreya Respublikasining “AIOBIO" kompaniyasi o‘rtasida onlayn tarzda hamkorlik memorandumi imzolandi.

Kompaniyaga 2011 yilda asos solingan. Innovatsion yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri sanaladi. Asosan laboratoriya diagnostika uskunalari va materiallarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi, tibbiyot sohasida ilmiy faoliyat olib boradi. Mazkur kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan texnologiyalarga asoslangan qurilmalar kasallik chaqiruvchi bakteriyalarni aniqlashda, shuningdek, ularning patogenligini o‘rganishda qo‘llaniladi.    

Ushbu texnologiya hozirgacha mahalliy va xalqaro klinikalar, shifoxonalar, tegishli muassasalar va uy xo‘jaliklarida qo‘llanib kelinmoqda.  

Memorandum doirasida kompaniya tomonidan markaz tinglovchilari, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishga, turli xil ilmiy grant loyihalari va ishlab chiqarish jarayonida hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.    

M.Qosimova, O‘zA