Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koreya Respublikasi elchisi bilan uchrashuv
19:56 / 2023-01-31

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Kim Xi Sangni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida O‘zbekiston TIV rahbari elchini oy taqvimiga ko‘ra Yangi yil (“Sollal”) bilan qutladi.  

So‘nggi yillarda O‘zbekiston – Janubiy Koreya munosabati misli ko‘rilmagan darajada alohida strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani qayd etildi.

2023 yil ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Turli darajadagi bo‘lajak tadbirlar jadvali muhokama qilindi.  

B.Xudoyberdiyev, O‘zA