Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koreya Respublikasi elchisi bilan uchrashuv
20:49 / 2020-02-17

Bugun Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Dilshod Axatov Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Kan Chje Kvon bilan uchrashdi.


Bugun Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Dilshod Axatov Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Kan Chje Kvon bilan uchrashdi.

Uchrashuvda oliy va boshqa darajalardagi Oʻzbekiston-Janubiy Koreya muzokaralari doirasida erishilgan kelishuvlarni hayotga joriy qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi hamda joriy yildagi qoʻshma tadbirlar jadvali boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.

Tomonlarning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yana-da faollashtirish hamda munosabatlarning shartnoma-huquqiy bazasini mustahkamlashga boʻlgan qiziqishi tasdiqlandi.

Suhbatda chogʻida, shuningdek, mintaqaviy kun tartibining ayrim masalalari boʻyicha ham fikr almashildi.