Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koreya O‘zbekiston biznes uyushmasi vitse-prezidentiga “Do‘stlik” ordeni topshirildi
11:01 / 2021-12-17

Prezidentning 2021 yil 27 avgustdagi farmoniga muvofiq, Koreya - O‘zbekiston biznes uyushmasi (KO‘BU) vitse-prezidenti Kim Chang Keon ikki tomonlama aloqani o‘rnatish va hamkorlikni mustahkamlashdagi xizmati uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangandi. Seul shahrida ushbu faxriy mukofotni Bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov o‘z sohibiga topshirdi.

Taqdirlash marosimida janob Kim Chang Keonning mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni chuqurlashtirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, shuningdek, fan-texnika, madaniyat va gumanitar sohalardagi munosabatni faollashtirish, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda xalqlarimiz do‘stligi, hamjihatligini mustahkamlashga qo‘shayotgan ulkan hissasi alohida e’tirof etildi.


O‘z navbatida Kim Chang Keon O‘zbekiston-Koreya hamkorligini rivojlantirishdagi roli yuqori baholangani uchun minnatdorlik bildirib, ushbu mukofot Assotsiatsiya faoliyatini yanada faollashtirishga rag‘bat bo‘lib xizmat qilishini, shuningdek, kelishilgan dastur va loyihalarni amalga oshirish va ikki mamlakat ishbilarmon doiralarini o‘zaro yanada yaqinlashtirishga qaratilgan yangi tashabbuslar ustida birgalikda ish olib borishga sodiqligini ta’kidladi.

 

O‘zA