Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koreya Markaziy banki bilan hamkorlik: kapital bozori infratuzilmasini rivojlantirish
19:17 / 2023-08-04

-

Birlashgan Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuv

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash doirasida O‘zbekiston Respublika valyuta birjasi – O‘zRVB Bosh direktori Rashid Usmonov Koreya Markaziy banki va Donguk universiteti vakillaridan iborat Birlashgan Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Bilamiz, Koreya Markaziy banki bank tizimini, kapital bozorini tartibga soluvchi va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisob-kitoblar tizimining nazorat organi hisoblanadi.

Yig‘ilish kun tartibidan Markaziy kontragent faoliyati, davlat qimmatli qog‘ozlari va valyuta birjada birja bozorlari vositalari bilan hisob-kitob tizimi to‘g‘risida axborot almashish maslalari o‘rin oldi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston valyuta birjasi rahbariyati Koreya tomoniga birjaning dinamik faoliyati, zamonaviy axborot va WEB texnologiyalarga asoslangan birja infratuzilmasini isloh qilish jarayoni, shuningdek, birja ekotizimini yanada rivojlantirish istiqboli xususida ma’lumot berdi.

photo2023-08-0410-31-36.jpg

O‘zRVB savdo platformasida dilerlararo REPO bitimlari yakuni bo‘yicha yangi hisob-kitob tizimi – “One click” loyihasi taqdim etildi. Qayd etilishicha, unda hisob-kitob tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlaridan avtomatik tarzda pul mablag‘ini yechib olish orqali amalga oshiriladi.

Tomonlar ikki mamlakat tajribasi, ilg‘or amaliyotlar almashishga qiziqish bildirar ekan, moliya bozori infratuzilmasi va DQQ bozorida birja operatsiyalarini kliring, hisob-kitob qilish va hisobga olishda risk-menejment tizimini rivojlantirish istiqboliga alohida e’tibor qaratishdi.

Tadbirda Koreya Markaziy banki vakili mamlakatimiz valyuta birjasining barcha birja bozorlar doirasida savdolar o‘tkazish imkonini beruvchi ko‘p funksiyali savdo platformasi – “in-house” joriy etish jarayonida erishilgan yutuqlarni yuqori baholadi.

Delegatsiya vakillari Koreya Respublikasi kapital bozorida qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisob-kitob tizimi umumiy ko‘rinishi to‘g‘risida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. O‘zbekiston tomoni esa Koreyada qo‘llanilayotgan ilg‘or yondashuv va amaliyotlarni milliy hisob-kitob tizimini yanada isloh qilish jarayoniga moslashtirish hamda joriy etish maqsadida o‘rganishga katta qiziqish bildirishini ma’lum qildi.

photo2023-08-0410-31-32.jpg

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki mamlakat investorlari va qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari uchun qulay moliyaviy muhit yaratish maqsadida hamkorlik va tajriba almashishni davom ettirishga ishonch bildirishdi.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA