Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koreya firmasi Oʻzbekistonda yangi avtoklaster tashkil etishni rejalashtirmoqda
17:51 / 2018-12-17

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida Janubiy Koreyaning “SMC Co., Ltd” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.


Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida Janubiy Koreyaning “SMC Co., Ltd” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Unda Oʻzbekistonda gaz balloni uskunalarini sinovdan oʻtkazish va avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish markazlariga ega avtoklaster tashkil etish loyihasi muhokama qilindi.

Vazirlikdan maʼlum qilishlaricha, shu maqsadda mamlakatimiz viloyatlarida ixtisoslashgan laboratoriyalar ochiladi, ularning negizida barcha zarur tadqiqot va oʻlchamlar amalga oshiriladi.

Koreya Respublikasi kompaniyasi loyihani amalga oshirish maqsadida 50 million AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritish hamda davlat-xususiy sherikligi asosida hamkorlik qilishga tayyor. Bunda Koreyaning moliya institutlari loyihani toʻgʻridan-toʻgʻri moliyalashtiradi.

Oʻzbekistonda avtotransport vositalariga oʻrnatilgan gaz balloni uskunalarining portlash holatlari qayd etilgani, shuningdek, bunday vositalardan xavfsiz foydalanish tizimida kamchiliklar mavjudligini hisobga olib, yaqin kunlarda vazirlikda avtotransport tarmogʻi vakillari ishtirokida yangi loyiha muhokamasiga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazish koʻzda tutilgan.

Taʼkidlash joizki, Koreya Respublikasida avtotransport vositasiga oʻrnatilgan gaz balloni uskunasi portlashi bilan bogʻliq holat 2010 yil avgustida qayd etilgan.