French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koreya elchisi Xorazmda
21:16 / 2025-05-16

Janubiy Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi, janob Von Do Yon boshchiligidagi delegatsiya Xorazm viloyatida bo‘ldi. Delegatsiya sharafiga Urganch shahrida madaniy-ma’rifiy dastur tashkil etildi.

Abu Rayxon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida o‘tkazilgan tadbirda elchi janoblari so‘zga chiqib, O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi do‘stona aloqalar, ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlikning rivojlanib borayotgani, oliy o‘quv yurtlarining Koreya universitetlari bilan aloqalarini alohida ta’kidladi.

[gallery-23406]

Tadbirda Urganch davlat universiteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti J. Ermetova Janubiy Koreyaning Koreyashunoslik dasturi bo‘yicha “Koreyashunoslik va koreys tili ta’limi” granti doirasida olib borilayotgan ilmiy-amaliy faoliyat bilan tanishtirdi.

Urashuvning madaniy qismida esa filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar tomonidan ikki xalq urf-odatlari, an’analari va madaniyatini aks ettiruvchi kuy-qo‘shiqlar, raqslar hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi. Koreys va o‘zbek madaniyati uyg‘unligini ifodalovchi sahna ko‘rinishlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari