Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koreya Eksimbanki O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqda
10:27 / 2021-12-16

Seul shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Koreya Eksimbanki prezidenti Bang Mun Kyu bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat davomida o‘zaro munosabat faolligi hamda Koreya Respublikasining EDCF Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg‘armasi bilan birgalikda moliyalashtirilayotgan va amalga oshirilayotgan loyihalar soni o‘sishi ijobiy sur’ati qayd etildi. Jumladan, 2014-2017 yillarda Eksimbank bilan hamkorlikda qariyb 180 million dollarlik 4 loyiha hayotga joriy etilgan bo‘lsa, 2018-2020 yillarda 660 million dollarlik 7ta loyiha amalga oshirildi. Bank bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sog‘liqni saqlash, ta’lim va infratuzilmaviy rivojlanish sohalaridir.


Muloqot davomida o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirish jarayonini jadallashtirish maqsadida ishlab chiqilayotgan loyihalarni tayyorlash, o‘rganish va tasdiqlashni tezlashtirish imkonini beruvchi mexanizm ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston tomoni mamlakatda yangi investitsiya loyihalarini imtiyozli moliyalashtirish hajmini 1 milliard dollargacha ko‘paytirish yuzasidan qabul qilingan qaror uchun minnatdorlik bildirdi. 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi umumiy qiymati 1,2 milliard dollarga teng bo‘lgan 13ta loyihadan iborat bo‘ladi. Tomonlar ushbu loyihalarni faol ilgari surish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha yaqin hamkorlik o‘rnatishga kelishib oldilar.


Elektrotexnika, biofarmatsevtika, metallurgiya va kimyo sanoati sohalarida yangi loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun yangi tashkil etilgan EDPF Iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashish jamg‘armasi bilan hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar belgilandi.
Muzokara yakunida tomonlar muhokama etilgan sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirishga sodiqligini bildirdi. Shuningdek, qiymati 88,8 million dollar bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot muassasalarini asbob-uskuna bilan jihozlash hamda 150 million dollarlik onkologik klinika qurish loyihalari bo‘yicha qarz shartnomalari imzolandi.

G.Sattorova,
O‘zA