Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuv
23:09 / 2019-08-31

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva 31-avgust kuni Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi MDH mamlakatlari parlamentlari bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo diplomatik forum rahbari Chu Mi E xonim boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva 31-avgust kuni Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi MDH mamlakatlari parlamentlari bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo diplomatik forum rahbari Chu Mi E xonim boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki davlat rahbarlarining doimiylik kasb etgan muloqot va uchrashuvlari Oʻzbekiston – Koreya munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga koʻtarish imkonini bergani taʼkidlandi. Oʻzaro ishonch va doʻstlik ruhidagi hamkorlik siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda sheriklikni mustahkamlash, parlamentlararo muloqotni yanada faollashtirishga xizmat qilayotir.

Muloqotda mamlakatimiz parlamenti delegatsiyasining Koreyaga tashrifi natijalari ijobiy baholandi. Koreya parlamenti aʼzolarining Oʻzbekistonga bu galgi tashrifi qonun ijodkorligi boʻyicha hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi aloqalar Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasida “Koreya – Oʻzbekiston” parlament doʻstlik assotsiatsiyasi tashkil etilgan 1995-yildan buyon rivojlanib kelmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 2005-yilda Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruh faoliyatining yoʻlga qoʻyilgani mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Uchrashuvda ikki mamlakat parlamentlararo aloqalarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.