Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koreya biomarkazlari bilan tajriba va kadrlar almashinuviga kelishib olindi
18:58 / 2024-04-19

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi davom etmoqda.

Tashrif doirasida Inchxon erkin iqtisodiy zonasi (IFEZ) direktori o‘rinbosari, "Pangyo Techno Valley" sanoat zonasini rivojlantirish bo‘limi rahbari, shuningdek, biotexnologiya bo‘limi boshlig‘i va "Gyeonggi Bio Center" biomarkazining rivojlanish guruhi rahbarlari bilan o‘zaro muzokaralar o‘tkazildi. 

Hududdagi ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari yaratilish tarixi haqida mamlakatimiz delegatsiyasi a’zolariga batafsil so‘zlab berildi, deyiladi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ma’lumotida. Qayd etilishicha, muzokaralar doirasida tomonlar hamkorlikning ko‘plab istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab olishga muvafaq bo‘lgan. 

Shuningdek, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining ilmiy-tadqiqot institutlari, O‘zbekiston farmatsevtika oliy o‘quv yurtlari, "Toshkent Farma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish klasteri hamda "Gyeonggi Bio Center" biomarkazi o‘rtasida tajriba va kadrlar almashinuviga kelishib olingan.

Mazkur kompaniya rahbariyati O‘zbekiston bilan ilmiy-tadqiqot salohiyatini rivojlantirishdan manfaatdorligini, Koreyaning biotexnologiya markazlarida mamlakatimiz olimlari malaka oshirishida ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.

A.RUSTAMOV, O‘zA